Barcha case study'lar
E-commerce · HunarmandchilikMijoz: ArtSuzani

O'zbek hunarmandchiligi uchun xalqaro onlayn do'kon

Stripe to'lovi, Sanity CMS va Next.js RSC ustida qurilgan premium e-commerce — katalogni mijoz o'zi boshqaradi.

ArtSuzani — Luxury E-Commerce

Muammo

Mahsulotlar xalqaro xaridorga mo'ljallangan edi, ya'ni to'lov chet el kartalari bilan o'tishi kerak. Ikkinchi muammo tashkiliy: har bir yangi mahsulot uchun dasturchiga murojaat qilish sotuvni sekinlashtiradi — katalogni egasi o'zi to'ldirishi shart edi.

Yechim

Next.js 14 App Router va React Server Components tanladik: mahsulot sahifalari serverda render bo'ladi, demak katalog qidiruv tizimlariga to'liq ochiq. Katalogni Sanity CMS'ga chiqardik — mijoz mahsulot, rasm va matnni admin paneldan o'zi qo'shadi, deploy kutmaydi. To'lov uchun Stripe Checkout ulandi, shu bilan karta ma'lumotlari hech qachon saytga tushmaydi va PCI yuklamasi Stripe tomonida qoladi.

Nima topshirildi

  • Sanity CMS — mahsulot, kategoriya va matnlarni mijoz o'zi boshqaradi
  • Stripe Checkout — xalqaro kartalar, karta ma'lumoti saytda saqlanmaydi
  • Savat va wishlist — sessiya bo'ylab saqlanadi
  • Next.js RSC bilan server-side rendering — katalog SEO uchun ochiq
  • TypeScript kod bazasi + Tailwind dizayn tizimi

Texnologiyalar

Next.js 14TypeScriptStripeSanity CMSTailwind
Ishlayotgan saytni ochish

Shunga o'xshash loyiha kerakmi?

Narxni kalkulyatordan ko'ring yoki to'g'ridan-to'g'ri Telegramda yozing.

Telegramda yozish