Suzana brendi uchun vitrina — so'rov to'g'ridan-to'g'ri WhatsApp'ga
Mahsulot galereyasi va filtri, har bir mahsulotdan tayyor matn bilan WhatsApp'ga o'tish oqimi.
Muammo
Brendning mahsulotlari bor edi, lekin onlayn vitrinasi yo'q — xaridor nima borligini ko'rmaydi. Shu bilan birga to'liq e-commerce (to'lov, savat, ombor) bu bosqichda ortiqcha edi: xaridorlar odatda yozib, narx va yetkazib berishni suhbatda kelishadi.
Yechim
To'lov tizimini qo'shish o'rniga mavjud xatti-harakatni tezlashtirdik. Sayt — mahsulot galereyasi va filtr, har bir mahsulot yonida WhatsApp tugmasi: bosilganda chat mahsulot nomi bilan oldindan to'ldirilgan holda ochiladi. Xaridor hech narsa yozmaydi, sotuvchi kim nima haqida so'rayotganini darhol biladi. Stack ataylab yengil — React + Vite + Tailwind, statik hosting, oylik server xarajati yo'q.
Nima topshirildi
- Mahsulot galereyasi — kategoriya bo'yicha dinamik filtr
- Har bir mahsulotdan WhatsApp'ga tayyor matn bilan o'tish
- Statik hosting — server xarajati yo'q, ishlash barqaror
- Mobil-first: trafikning asosiy qismi telefondan
- shadcn/ui asosidagi izchil komponent tizimi
Texnologiyalar
Shunga o'xshash loyiha kerakmi?
Narxni kalkulyatordan ko'ring yoki to'g'ridan-to'g'ri Telegramda yozing.