Barcha case study'lar
Biznesga ko'maklashishMijoz: Kichik Biznesga Ko'maklashish Markazi

Ko'p tilli markaz sayti — uch tilda, sekin internetga chidamli

Kichik biznesga ko'maklashish markazining sayti: o'zbek, rus va ingliz tillari, har biri alohida indekslanadi.

Kichik Biznesga Ko'maklashish Markazi

Muammo

Markaz tadbirkorlarga xizmat ko'rsatadi, lekin sayt markazning talablariga javob berishi kerak edi: uchta til majburiy, ustiga foydalanuvchilarning katta qismi viloyatlardan, sekin mobil internet orqali kiradi. Bir tilli yoki og'ir yuklanadigan sayt bu auditoriyani yo'qotardi.

Yechim

Vite + React + TypeScript ustida qurdik va tilni interfeysga emas, marshrutga bog'ladik: har bir til o'z URL va o'z meta teglariga ega, shuning uchun Google uchta versiyani alohida indekslaydi — bu bir sahifada til almashtirishdan farqli natija beradi. Yuklanish tomonida kod bo'laklab uzatiladi va rasmlar WebP'ga o'tkaziladi, chunki bu yerda hal qiluvchi omil — dizayn emas, 3G'da birinchi ekran qancha vaqtda chiqishi.

Nima topshirildi

  • Uchta to'liq til (uz / ru / en) — har birida alohida URL va meta teglar
  • Ko'p tilli SEO strukturasi: til bo'yicha ajratilgan sarlavha va tavsiflar
  • Mobil-first layout — 360px ekrandan boshlab to'liq moslashgan
  • Code-splitting va WebP rasmlar — sekin mobil ulanish uchun
  • TypeScript bilan tipizatsiya qilingan kod bazasi, keyingi kengaytirish uchun

Texnologiyalar

ViteReactTypeScriptTailwindi18n
Ishlayotgan saytni ochish

Shunga o'xshash loyiha kerakmi?

Narxni kalkulyatordan ko'ring yoki to'g'ridan-to'g'ri Telegramda yozing.

Telegramda yozish