Barcha case study'lar
E-commerce · ZargarlikMijoz: SARA SILVERS
Zargarlik brendi uchun mahsulotni yaqindan ko'rsatadigan do'kon
Mahsulot zoom, silliq sahifa o'tishlari va savat — zargarlik detallari ekranda ko'rinadigan e-commerce.
Muammo
Zargarlikda xarid qarori detaldan boshlanadi: naqsh, tosh o'tirishi, sirt ishlovi. Kichik katalog rasmida bu ko'rinmaydi, natijada xaridor ishonch hosil qilmaydi va yozib so'rashga ham ulgurmaydi.
Yechim
Interfeysni bitta vazifa atrofida qurdik — mahsulotni yaqindan ko'rsatish. Rasm zoom bilan ochiladi, sahifalar orasidagi o'tish Framer Motion bilan uzluksiz qilingan, shuning uchun katalogdan mahsulotga o'tishda kontekst yo'qolmaydi. Animatsiyalar dizayn uchun emas, xaridorni mahsulot ustida ushlab turish uchun: har bir o'tish uzilib qolsa, foydalanuvchi ortga qaytadi.
Nima topshirildi
- Mahsulot rasmini zoom bilan yaqindan ko'rish
- Framer Motion bilan uzluksiz sahifa o'tishlari
- Savat — mobil ekranda ham to'liq ishlaydi
- TypeScript + Tailwind bilan tipizatsiya qilingan kod bazasi
Texnologiyalar
ReactTypeScriptTailwindFramer Motion
Ishlayotgan saytni ochishShunga o'xshash loyiha kerakmi?
Narxni kalkulyatordan ko'ring yoki to'g'ridan-to'g'ri Telegramda yozing.