Maktab uchun mobil ilova — xabar ota-onaga o'zi yetib boradi
Chinora maktabi uchun React Native ilova: push bildirishnomalar va real vaqtli yangilanishlar, App Store va Google Play'da.
Muammo
Maktab bilan ota-ona o'rtasidagi aloqa Telegram guruhlariga tarqalgan edi: muhim e'lon yuzlab xabar ichida ko'milib ketadi, kim o'qigan-o'qimaganini bilib bo'lmaydi. Saytga e'lon qo'yish ham yechim emas — ota-ona saytni o'zi ochib tekshirishi kerak, ya'ni xabar faqat qidirgan odamga yetadi.
Yechim
Yo'nalishni teskari qildik: ota-ona ma'lumotni qidirmaydi, ma'lumot o'zi keladi. Push bildirishnoma telefon ekranida chiqadi, ilovani ochish shart emas. Ilovani React Native + Expo'da yozdik, chunki bitta kod bazasi ikkala platformaga chiqadi — maktab uchun bu ikki marta ishlab chiqish va ikki marta qo'llab-quvvatlash xarajatidan qutulish demak. Backend sifatida Firebase: real vaqtli yangilanish va push infratuzilmasi tayyor holda keladi, maktabga alohida server ham, uni boshqaradigan odam ham kerak bo'lmaydi.
Nima topshirildi
- iOS va Android uchun bitta React Native kod bazasi
- Push bildirishnomalar — e'lon telefon ekraniga to'g'ridan-to'g'ri tushadi
- Firebase orqali real vaqtda yangilanadigan kontent — ilovani qayta chiqarish shart emas
- App Store va Google Play'da nashr qilingan, do'kon tekshiruvidan o'tgan
- TypeScript bilan tipizatsiya qilingan kod bazasi
Texnologiyalar
Shunga o'xshash loyiha kerakmi?
Narxni kalkulyatordan ko'ring yoki to'g'ridan-to'g'ri Telegramda yozing.