Barcha case study'lar
Mobil ilova · RestoranMijoz: Sushi Time

Restoran uchun o'z ilovasi — menyu mijozning telefonida qoladi

Sushi Time uchun React Native ilova: menyu real vaqtda yangilanadi, aksiyalar push orqali yetadi. App Store va Google Play'da.

Sushi time  — React Native and Expo App

Muammo

Restoran buyurtmalari agregator ilovalar va Instagram orqali kelardi. Ikkalasida ham mijoz restoranniki emas, platformaniki bo'lib qoladi: qayta buyurtma qilish uchun uni har safar yangidan jalb qilish kerak, aksiya haqida xabar berish esa faqat pullik reklama orqali mumkin. Ustiga menyu o'zgarsa — narx, mavsumiy taom, tugagan pozitsiya — buni bir necha joyda alohida yangilash kerak edi.

Yechim

Ilovani restoranning o'z kanali sifatida qurdik: bir marta o'rnatilgan ilova telefonda qoladi, ya'ni takroriy buyurtma uchun qayta reklama to'lovi kerak emas. Menyuni Firebase'ga bog'ladik — narx yoki taom o'zgarsa, o'zgarish ilovada darhol ko'rinadi, do'kondan yangi versiya kutilmaydi. Aksiya va yangi pozitsiyalar push bildirishnoma sifatida chiqadi. React Native + Expo tanlovi bu yerda ham xarajat masalasi: bitta kod bazasi iOS va Android'ga chiqadi.

Nima topshirildi

  • iOS va Android uchun bitta React Native + Expo kod bazasi
  • Firebase'ga bog'langan menyu — narx va taomlar real vaqtda yangilanadi
  • Push bildirishnomalar — aksiya va yangi pozitsiyalar to'g'ridan-to'g'ri mijozga
  • App Store va Google Play'da nashr qilingan, do'kon tekshiruvidan o'tgan
  • TypeScript kod bazasi + Tailwind asosidagi izchil dizayn tizimi

Texnologiyalar

React NativeExpoTypeScriptFirebaseTailwindPush Notifications

Shunga o'xshash loyiha kerakmi?

Narxni kalkulyatordan ko'ring yoki to'g'ridan-to'g'ri Telegramda yozing.

Telegramda yozish